O'zbek Ўзбек

Octagon 72. Murodov kamar uchun kechgan jangda g‘alaba qozonib, o‘rta vazn toifasida vaqtincha chempionga aylandi

MMA
15 iyun, 01:33
Hakamlarnig yakdil qaroriga ko‘ra Mahmudning g‘alabasi qayd etildi.
Octagon 72. Муродов камар учун кечган жангда ғалаба қозониб, ўрта вазн тоифасида вақтинча чемпионга айланди
Octagon 72. Муродов камар учун кечган жангда ғалаба қозониб, ўрта вазн тоифасида вақтинча чемпионга айланди

Chexiyaning Praga shahrida MMA bo‘yicha Oktagon 72 turniri bo‘lib o‘tdi.

Unda hamyurtimiz Mahmud Murodov oktagonga ko‘tarildi. Mezbonlar vakili Patrik Kinslga qarshi kechgan jang yakunida Murodov o‘rta vazn toifasida Oktagon Interim kamarini qo‘lga kiritdi.

Jang to‘liq davom etdi va bahsda Mahmud ustunlikka erishdi. Yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra sportchimizning g‘alabasi qayd etildi.

Shu tariqa, Murodov o‘rta vazn toifasida Oktagon promoushenining vaqtinchalik chempioni bo‘ldi.

Shohrux Zoirov
Shohrux Zoirov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar