«Arsenal»ning 18 yoshli yarimhimoyachisi Etan Nvaneri faoliyatini «Chelsi»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, agar futbolchi «to'pchilar» bilan shartnomasini uzaytirmasa, «aristokratlar» transfer bo'yicha muzokaralarni boshlaydi.
Qayd etilishicha, Nvaneri va «Arsenal» hamkorlikni davom ettirishni muhokama qilmoqda, biroq futbolchi o'yin vaqti kafolatlanishini talab qilmoqda.
O'tgan mavsumda Nvaneri 37 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.