O'zbek Ўзбек

«Nottingem Forest» Igor Jezus bilan kelishuvga erishdi

Futbol
5 iyul, 12:08
Ingliz klubi «Botafago»dan «PSJ»ga gol urgan hujumchini transfer qilishga yaqin.
«Nottingem Forest» Igor Jezus bilan kelishuvga erishdi
Photo: gettyimages

Yevropada yozgi transferlar oynasidagi o'zgarishlar kundan-kunga qiziqarli bo'lib bormoqda. Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoalar o'z tarkibini imkon qadar tezroq kuchaytirib olishga harakat qilishmoqda.

Angliyaning «Nottingem Forest» jamoasi klublar o'rtasidagi jahon chempionatida o'zini ko'rsata olgan «Botafago» futbolchisi Igor Jezus bilan kelishuvga erishdi. Bu haqida TNT Sport xabar bermoqda.

Braziliyalik 24 yoshli hujumchi KJCHda «PSJ» ustidan qozonilgan g'alabada yagona golni urgani bilan muxlislar yodida qolgan. Futbolchi Braziliya chempionatining 2025 yilgi mavsumida 10 uchrashuvda maydonga tushib 4 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qila olgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar