Klublar o'trasidagi jahon chempionatining chorakfinal uchrashuvlari doirasidagi «Real Madrdid» - «Borussiya Dortmund» (3:2) qarama-qarshiligidan keyin nemislar bosh murabbiyi Niko Kovach turnir tashkilotchiligi haqida gapirdi:
Turnir o'tkazilayotgan ba'zi bir hududlarda o'zgarishlar qilinishi kerak. Eng muhim jihatlardan biri uchrashuvlarning boshlanish vaqti bilan bog'liq. Futbolchilar quyosh ostidagi kunning qoq o'rtasida futbol o'ynamasliklari kerak.
Umuman sizga ham bunday issiq havoda ko'chaga chiqmaslikni maslahat beraman. Mana shunday vaziyatda futbolchilar borini berishga majbur bo'lishdi. Keyingi safar musobaqa qanday tashkillashtirilishini ko'ramiz»,-dedi mutaxassis.