«Bavariya» yarimhimoyachisi Jamal Musiala KJCH chorak finalidan o'rin olgan «PSJ»ga qarshi o'yinda (0:2) jiddiy jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.
Futbolchilik faoliyati davomida ko'plab jahoatlarni tanasida his qilib ko'rgan Neymar Musialani qo'llab-quvvatlab, unga xabar yubordi:
«Tez orada tuzalib yana qaytish qilasan va porlaysan, deb umid qilaman. Futbol sen kabi iqtidorlarga muhtoj. Bardam bo'l»,-deb yozadi Neymar.
BILD nashri xabariga ko'ra, Musialaga chap oyoq suyagining sinishi va bog'lamlarning shikastlanishi tashxisi qo'yilgan. Futbolchining tiklanish muddati taxminan 4 oydan 5 oygacha davom etishi mumkin.