Liberiyalik hujumchi Silvanus Nimeli faoliyatini "Neftchi"da davom ettirishga yaqin turibdi.
Fargonliklar 26 yoshli futbolchi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. U o‘tgan mavsumni Ozarbayjonning "Sumgait" klubida o‘tkazib, 18 o‘yinda 1 ta gol urdi.
Eslatib o‘tamiz, Nimeli 2023-2024 yilgi mavsumlarni "Surxon"da o‘tkazgan. Termizliklar safida 27 o‘yinda 12 ta gol urgan. Transfermarkt portali futbolchini 450 ming yevroga baholagan.
Avvalroq Ozarbayjonning "Sumgait" klubi o‘zbekistonlik futbolchilar Bobur Abduholiqov va Jasur Jaloliddinov bilan xayrlashgandi.