O'zbek Ўзбек

«Napoli» Osimhenni jamoaga qaytarish haqida o'ylamoqda

Futbol
6 iyul, 00:49
Hujumchi o'tgan mavsumni «Galatasaroy»da ijrada o'tkazdi.
«Napoli» Osimhenni jamoaga qaytarish haqida o'ylamoqda
FOTO: Getty Images

«Napoli» klubi rahbariyati nigeriyalik hujumchi Viktor Osimhenni asosiy jamoaga qaytarish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Il Mattino nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, so'nggi bir necha kun ichida klub mutasaddilari 26 yoshli futbolchi bilan aloqa o'rnatishga harakat qilishgan.

Uzoq vaqt davomida birinchi marta futbolchining jamoaga qaytishi haqidagi g'oya ochiq muhokama qilinmoqda. Bu transfer bozorida hujumchi sotib olishdagi qiyinchiliklar bilan bog'liqligi aytilmoqda.

Osimhen o'tgan mavsum turk klubi safi jami 41 ta o'yinda maydonga tushib, 37 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Napoli» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar