«Manchester Yunayted» va «Chelsi» «Barselona» yarimhimoyachisi Mark Kasadoning transfer imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
TEAMtalk xabariga ko‘ra, mankunianliklar vakillari yaqinda 22 yoshli futbolchi bo‘yicha dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan.
«Chelsi» ham ispaniyalik futbolchining vaziyatini kuzatib bormoqda. Biroq londonliklar hozircha unga asosiy tarkibdan doimiy o‘rin kafolatlay olmaydi.
Qayd etilishicha, ayni paytda Premyer Liga klublaridan hech biri rasmiy taklif bilan chiqmagan. Shunga qaramay, Kasado uchun kurashda «Monako» favorit bo‘lib turibdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» yozgi transferlar oynasida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tarkibda joy bo‘shatishni rejalashtirmoqda. Shu sababli Kasadoning ketishi ehtimoldan xoli emas.
Eslatib o‘tamiz, yarimhimoyachi 2024 yildan buyon «Barselona»ning asosiy jamoasi safida to‘p tepib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali uni 18 million yevroga baholagan.