Bugun
38
O'zbek

«MYU» Romero uchun taklif tayyorlamoqda

Futbol
9 iyun, 02:12
Mankunianliklar «Tottenhem» sardorini transfer qilishni istamoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«MYU» Romero uchun taklif tayyorlamoqda
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» «Tottenhem» himoyachisi Kristian Romeroni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Gaston Edul xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, mankunianliklar argentinalik futbolchini transfer qilish niyatida va yaqin vaqt ichida rasmiy taklif tayyorlamoqda.

Romero 2021/22 yilgi mavsumdan buyon London klubi safida to‘p tepib kelmoqda. Shu vaqt davomida u jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga, keyinchalik esa sardoriga aylangan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda 27 yoshli futbolchi Angliya Premyer-ligasida 23 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» yozgi transferlar oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirishni asosiy vazifalardan biri sifatida ko‘rmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar