O'zbek Ўзбек

"MYU" Nkunku transferi uchun 40 mln yevro sarflashga tayyor

Futbol
6 iyul, 06:48
Tomonlar muzokaralarni boshlashi mumkin.
"MYU" Nkunku transferi uchun 40 mln yevro sarflashga tayyor
Фото: Getty Images

"Chelsi" hujumkor yarimhimoyachisi Kristofer Nkunku faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.

The Athletic xabariga ko'ra, fransiyalik 27 yoshli futbolchi "qizil iblislar"ning short-listidan o'rin olgan.

Mankunianliklar Nkunku transferi uchun 40 million yevro sarflashga tayyor. "Chelsi" ham Joau Pedro va Liam Delapning transferidan so'ng Kristofer bilan xayrlashishga qarshi emas.

Yakunlangan mavsumda u "aristokratlar" safida barcha turnirlarda 46 o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 5 assist qayd etdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Avvalroq "Chelsi" "Arsenal"ning 18 yoshli yarimhimoyachisi Etan Nwanerini sotib olmoqchi ekani xabar qilingandi.

Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar