Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
«Manchester Yunayted» klubi «Bornmut» jamoasi yarimhimoyachisi Aleks Skottdan umidini uzmagan.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli yarimhimoyachi yozgi transferlar oynasida manchesterliklar safini kuchaytirish uchun nomzodlardan biri sanaladi. «Bornmut» rahbariyati yarimhimoyachi bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda. Yangi kelishuvda transfer narxi taxminan 89 million yevro bo‘lishi mumkin.
Ehtimoliy xaridorlar bu yozda transfer summasi 71 million yevroni tashkil etishi mumkin deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, «Bornmut» yarimhimoyachini hozir sotish niyatida emasligi ta’kidlamoqda.
Ma’lumot uchun, yarimhimoya markazida ham, tayanch zonasida ham birdek o‘ynay oladigan futbolchi o‘tgan mavsumda 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.