O'zbek Ўзбек

Musialaning taxminiy tiklanish muddati ma'lum (BILD)

Futbol
6 iyul, 00:07
Germaniyalik futbolchi «PSJ»ga qarshi o'yinda jiddiy jarohat oldi.
Musialaning taxminiy tiklanish muddati ma'lum (BILD)
FOTO: Getty Images

«Bavariya» yarimhimoyachisi Jamal Musiala KJCH chorak finalidan o'rin olgan «PSJ»ga qarshi o'yinda (0:2) jiddiy jarohat oldi.

Birinchi bo'lim oxirida 22 yoshli germaniyalik futbolchi parijliklar darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan to'qnashib ketdi. Voqeadan so'ng Musiala maydonni zambilda tark etdi.

BILD nashri xabariga ko'ra, Musialaga chap oyoq suyagining sinishi va bog'lamlarning shikastlanishi tashxisi qo'yilgan. Futbolchining tiklanish muddati taxminan 4 oydan 5 oygacha davom etishi mumkin.

Musiala joriy mavsum klub miqyosida barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Bavariya» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar