O'zbek Ўзбек

Musiala qachon operatsiya qilinishi ma'lum bo'ldi

Futbol
6 iyul, 05:30
Unga tiklanish uchun 4 oydan 5 oygacha vaqt kerak bo'ladi.
Musiala qachon operatsiya qilinishi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumkor yarimhimoyachisi Jamal Musiala bugun, 6-iyul kuni Germaniyaga yetib kelganidan so'ng darhol operatsiya qilinadi. Bu haqda Sky Sport Germany nashri xabar bermoqda.

Musiala KJCH chorakfinalidan o'rin olgan «PSJ»ga qarshi o'yinda (0:2) jiddiy jarohat oldi.

Birinchi bo'lim oxirida parijliklar darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan to'qnashuv natijasida futbolchini oyog'ini sindirib oldi. Voqeadan so'ng u maydonni zambilda tark etdi.

Avvalroq 22 yoshli yarimhimoyachiga chap oyoq suyagining sinishi va bog'lamlarning shikastlanishi tashxisi qo'yilgani va tiklanish uchun 4 oydan 5 oygacha vaqt kerak bo'lishi xabar qilingandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar