Live
4
O'zbek

Mourinyo 10 iyun kuni «Real» bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi – Romano

Futbol
9 iyun, 04:44
Portugaliyalik mutaxassis Madridga yetib kelishi kutilmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Mourinyo 10 iyun kuni «Real» bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi – Romano
Foto: Getty Images

Joze Mourinyo yaqin kunlarda rasman Madridning «Real» klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis 9 iyun kuni Madridga yetib keladi. Uning rasmiy taqdimoti esa 10 iyun kuniga rejalashtirilgan.

Avvalroq Florentino Peres prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasidan so‘ng Mourinyoning «qirollik klubi» bosh murabbiyi etib tayinlanishini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Mourinyo 2010–2013 yillarda ham «Real»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida madridliklar Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqqan.

O‘tgan mavsum «Real» birorta ham sovrin qo‘lga kirita olmadi. Mavsumning birinchi qismida jamoani Xabi Alonso boshqargan bo‘lsa, uning yanvardagi iste’fosidan keyin bosh murabbiylik vazifasini Alvaro Arbeloa bajargan.

Ma’lumot uchun, Arbeloa mavsum yakunlanganidan so‘ng klubni tark etgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar