O'zbek Ўзбек

MLS. «Inter Mayami» yirik hisobda g'alaba qozondi, Messi dubl qayd etdi

Futbol
5 iyul, 23:50
Leo uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
MLS. «Inter Mayami» yirik hisobda g'alaba qozondi, Messi dubl qayd etdi
FOTO: Getty Images

MLS muntazam chempionati doirasida «Inter Mayami» safarda «Monreal»ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvda Lionel Messi dubl qayd etgan bo'lsa, Tadeo Allende va Telasko Segoviya bittaga golni o'z nomiga yozdirib qo'ydi. Prins Ovusu esa mezbonlarning yagona javob to'piga mualliflik qildi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Inter Mayami» o'z ochkolari hisobini 32 taga yetkazib, Sharqiy konferensiyada 6-o'ringa ko'tarilib oldi. «Monreal» esa 14 ochko bilan oxirgi o'rinni egallab turibdi.

MLS. Sharqiy konferensiya, 21-tur
Monreal - Inter Mayami 1:4
6 iyul. Monreal (Kanada). «Saputo Stadium»
Gollar: Ovusu, 4 (1:0) - Allende, 30 (1:1), Messi, 40 (1:2), Segoviya, 60 (1:3), Messi, 62 (1:4).

Monreal: Sirois, Bugaj, Kraig, Alvares, Pertasso, Sili (Duke, 69), Piette (Kampbell, 46), Loturi, Pirs (Guboglo, 69), Ovusu (Sunusi, 85), Klark (Sinchuk, 80).
Inter Mayami: Ustari, Vegandt, Aviles (Martines, 72), Falkon (Sailor, 87), Alba, Allende (Pikault, 83), Kremaschi (Redondo, 72), Buskets, Segoviya (Rodriges, 72), Suares, Messi.

Ogohlantirishlar: Alvares, 45+2 (Monreal), - Buskets, 54 (Inter Mayami), Martines, 88 (Inter Mayami).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar