O'zbek Ўзбек

Maskerano: «Messi tarkibimizda bo'lsa, raqiblardan bir bosh ustun bo'lamiz»

Futbol
6 iyul, 02:51
«Inter Mayami» bosh murabbiyi Leo haqida fikr bildirdi.
Maskerano: «Messi tarkibimizda bo'lsa, raqiblardan bir bosh ustun bo'lamiz»
FOTO: Getty Images

«Inter Mayami» bosh murabbiyi Xaver Maskerano Lionel Messining MLS doirasidagi «Monreal»ga (1:4) qarshi o'yini haqida fikr bildirdi. Argentinalik hujumchi ushbu bahsda ikkita gol urdi.

«Bu muhim o'yin bo'ldi, «Monreal» yaxshi holatda edi. Biz ajoyib o'yin o'tkazdik. Turli musobaqalar o'rtasida almashish juda qiyin, lekin biz yaxshi harakat qildik.

Biz tushunishimiz kerakki, Leo futbol o'ynashdan xursand va qachon imkoni bo'lsa, u maydonda bo'ladi. Messi tarkibimizda bo'lsa, biz raqiblardan bir bosh ustun bo'lamiz», - dedi Maskerano.

Eslatib o'tamiz, Messi 2023 yilning yozidan buyon «Inter Mayami»da to'p surmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxirida yakuniga yetadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar