O'zbek Ўзбек

Mashhur futbol agenti 39 ta zo'ravonlik holatini sodir etganlikda ayblanmoqda

Futbol
5 iyul, 12:07
Unga nisbatan jinoiy ish ochilib, sudga tortilgan.
Mashhur futbol agenti 39 ta zo'ravonlik holatini sodir etganlikda ayblanmoqda
FOTO: Getty Images

Bir qator mashhur futbolchilar, jumalada Garet Beyl va Jek Grilish bilan hamkorlik qilgan sobiq agent Jonatan Barnett 39 ta zo'rlashda ayblanib, sudga tortildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

AQShning Los-Anjelos okrug sudiga berilgan fuqarolik da'vosiga ko'ra, Jeyn Do ismli ayol 75 yoshli Barnett uni 2017-yilda Avstraliyadan Buyuk Britaniyaga olib borib, jinsiy qullikka, jumladan, qiynoqlarga duchor qilganini aytdi.

Da'vogarning qo'shimcha qilishicha, agent bir necha bor u va uning bolalari hayotiga tahdid qilgan. Ayolning so'zlariga ko'ra, Barnett hammasi bo'lib unga nisbatan 39 ta zo'ravonlik sodir etgan.

Ma'lum qilinishicha, agent barcha ayblovlarni qat'iyan rad etmoqda va to'liq oqlanishni istaydi.

Avvalroq «Arsenal»ning sobiq yarimhimoyachisi Tomas Parti ham zo'ravonlikda ayblanayotgani haqida xabar berilgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar