“Everton” sobiq hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin faoliyatini “Manchester United”da davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda The Athletic.
Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” iyul oyi boshida erkin agentga aylangan 28 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Klub allaqachon Kalvert-Lyuinning agentlari bilan muzokara o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi 2016 yildan beri “Everton” libosida to‘p surib kelayotgandi. “Irislar” safida 273 o‘yinda maydonga tushib, 71 ta gol urgan va 22 assist qayd etgan.
Avvalroq “Everton” 32 yoshli himoyachi Maykl Kin bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qilgandi.