Live
4
O'zbek

"Manchester Siti" Mukasa bilan yangi shartnoma imzoladi

Futbol
9 iyun, 11:18
Mukasa 2023 yilda "Siti" akademiyasiga kelib qo'shilgan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Manchester Siti" Mukasa bilan yangi shartnoma imzoladi
Фото: Манчестер Сити

"Manchester Siti" yarimhimoyachi Divine Mukasa bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda rasmiy sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, "shaharliklar" 18 yoshli havbek bilan 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bitim imzoladi.

Mukasa 2023 yilda "Siti" akademiyasiga kelib qo'shilgan. Yakunlangan mavsumda asosiy jamoa safida 6 ta bellashuvda maydonga tushdi. Mavsumning ikkinchi yarmini "Lester"da ijara asosida o'tkazib, Chempionship doirasida 15 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta assistni qayd etdi.

"Uning mehnatsevarligi, kamtarligi va ulkan salohiyatga ega ekanligini ko'rdik", — dedi klub sport direktori Ugo Viana.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar