Live
4
O'zbek

Maglubiyatga uchramagan UFC amaldagi chempioni Mourinioning «Real»ga qaytishi haqida gapirdi

MMA
9 iyun, 07:25
UFC amaldagi chempioni, mag‘lubiyatga uchramagan Iliya Topuriya portugaliyalikning Madridga qaytishini istaydi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Maglubiyatga uchramagan UFC amaldagi chempioni Mourinioning «Real»ga qaytishi haqida gapirdi
Foto: UFC

29 yoshli UFCning yengil vaznda amaldagi chempioni Iliya Topuriya mashhur portugaliyalik futbol mutaxassisi Joze Mourinioning yaqin orada Madridning «Real» klubiga bosh murabbiy bo‘lishidan umidvor.

«Men Mourinioning «Real»ga qaytishini juda ham xohlardim. Menga uning xarakteri yoqadi. U bilan zerikmaysiz. U yana «Real»ni Chempionlar Ligasida g‘alabaga yetaklay oladimi? Aytish qiyin, chunki biz shundoq ham g‘alabalardan uzoqlashmaganmiz, ammo ha, bu ajoyib bo‘lardi», - dedi Topuriya CBS Sportsga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Mourinio 2010-yildan 2013-yilgacha «Real»da ishlab ulgurgan. Uning boshchiligida jamoa ichki chempionat, Kubok va Ispaniya Superkubogini yutgan.

Ma’lumot uchun, yakuniga yetgan mavsumda «qaymoqranglilar» birorta ham sovrin qo‘lga kirita olmadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar