O'zbek Ўзбек

London (ATP). Alkaras faoliyatidagi 21-titulni qo‘lga kiritdi

Tennis
23 iyun, 01:52
Ispaniyalik tennischi 18 o‘yindan beri g‘alaba qozonmoqda.
London (ATP). Alkaras faoliyatidagi 21-titulni qo‘lga kiritdi
Foto: Getty Images

Karlos Alkaras Londondagi turnir finalida Irji Lexechkani mag‘lub etdi.

Ispaniyalik tennischi ushbu Queen’s Club musobaqasida so‘nggi uch yilda ikkinchi bor chempion bo‘ldi.

22 yoshli Alkarasning bu mavsumdagi titulalari 5 taga, umuman esa 21 taga yetdi. Karlos qatorasiga 18 o‘yindan beri g‘alaba qozonmoqda.

HSBC Championships
London, Buyuk Britaniya
16 – 22 iyun, 2025
ATP 500
Mukofot jamg‘armasi – 2 522 220 yevro
Ochiq kortlar, maysa
Final
Karlos Alkaras (Ispaniya) — Irji Lexechka (Chexiya) 7:5, 6:7, 6:2

Avvalroq Alkaras deyarli 6 soat davom etgan "Rolan Garros" finalida superkambek amalga oshirgandi.

Aʼzamjon Izzatillayev
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar