"Liverpul" hujumchisi Diogu Jotaning fojiali o'limi sababli mavsumoldi tayyorgarlik biroz orqaga surildi.
The Independent xabariga ko'ra, mersisaydliklar 4 iyuldan mashg'ulotlarga kirishi va 8 iyuldan esa to'liq hajmdagi mashqlar boshlanishi rejalashtirilgandi. Ammo 5 iyulda o'tkazilgan dafn marosimidan so'ng, muddatlar o'zgartirildi.
Jamoa qachondan mashg'ulotlarni boshlashi keyinchalik ma'lum qilinadi.
Avvalroq "Liverpul" Diogu Jotaning oilasiga futbolchining 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi bo'yicha maosh to'lashda davom etishini ma'lum qilgandi.