O'zbek Ўзбек

“Liverpul” Jotaning shartnomasi yakunigacha uning maoshini oilasiga to‘lab boradi

Futbol
5 iyul, 04:06
Avvalroq klub futbolchining sharafiga 20-raqamni abadiylashtirgandi.
“Liverpul” Jotaning shartnomasi yakunigacha uning maoshini oilasiga to‘lab boradi
Foto: Getty Images

“Liverpul” YTH oqibatida halok bo‘lgan Diogu Jotaning oilasiga futbolchining 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi bo‘yicha maosh to‘lashda davom etadi. Bu haqida Record xabar bermoqda.

Avvalroq Mersisayd klubi portugal hujumchisi sharafiga u o‘ynagan 20-raqamni abadiylashtirganini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, avtohalokatda Jotaning ukasi Andre Silva ham hayotdan ko‘z yumgan.

28 yoshli futbolchi “Liverpul”ga 2020 yili “Vulverhempton”dan o‘tgan edi. U o‘tgan davrda barcha turnirlar doirasida 182 o‘yin o‘tkazib, 65 gol va 26 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Jota mersisaydlilar bilan APLni, Angliya kubogini va ikki bor liga kubogini yutgan. Shuningdek, u Portugaliya milliy jamoasi safida ikki marta Millatlar Ligasi g‘olibiga aylangan.

Aʼzamjon Izzatillayev
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar