O'zbek Ўзбек

Lebron James "Los-Anjeles Leykers"da qolishga qaror qildi

Boshqa sportlar
30 iyun, 14:43
Afsanaviy sportchining maoshi ham ma’lum qilindi.
Lebron James "Los-Anjeles Leykers"da qolishga qaror qildi
Фото: Getty Images

Afsanaviy basketbolchi Lebron Jeyms 2025/2026 yilgi mavsum uchun "Los-Anjeles Leykers" bilan shartnoma imzolashga kelishib oldi.

40 yoshli sportchi bitimni uzaytirish evaziga 52,6 mln dollar maosh oladi. U NBAda 23-mavsumini o‘tkazgan ilk basketbolchiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Jeyms NBA pley-off o‘yinida 35+ ochko to‘plagan eng keksalar safida bo‘lib, o‘z rekordini yangiladi.

Shuningdek, u yana bir afsona, olti karra Liga chempioni, Shon-sharaf Zali a’zosi Karim Abdul-Jabborning MBA o‘yinlarida o‘tkazgan daqiqalari bo‘yicha (57 446) rekordini ham yangilagan edi.

"Los-Anjeles Leykers" G‘arbiy konferensiyada uchinchi o‘rinni egalladi. Pley-offda "Minnesota"ga mag‘lub bo‘ldi.

Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar