Bugun
38
O'zbek

Leau va Rafinya «Al Hilol»ning taklifini rad etdi

Futbol
9 iyun, 16:26
Bu futbolchilar Yevropada qolishni afzal bilgan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Leau va Rafinya «Al Hilol»ning taklifini rad etdi
Фото: Getty Images

«Al Hilol» klubi «Barselona» vingeri Rafinya va «Milan» futbolchisi Rafael Leau bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgan edi.

Insayder Nikolo Skira xabar berishicha, Saudiya klubi futbolchilar bo'yicha taklif yuborgan. Biroq ikkisi ham faoliyatini Yaqin Sharqda davom ettirish g'oyasidan voz kechgan.

Ma'lumot uchun, Rafinya yakunlaggan mavsumda barcha turnirlarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 21 ta gol va 8 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi. Leau hisobida esa 31 ta o'yinda 10 ta gol va 3 ta assist bor.

«Al Hilol» ortda qolgan mavsumda Saudiya Proligasida mavsumni 2-o'rinda yakunladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Hilal Al-Hilal
Bugungi yangiliklar