O'zbek Ўзбек

Kurash. O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Osiyo chempionatida yana 5 ta medal qo‘lga kiritdi

Boshqa sportlar
26 iyun, 04:47
Bungacha O‘zbekiston yunon-rum kurashi bahslarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagandi.
Kurash. O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Osiyo chempionatida yana 5 ta medal qo‘lga kiritdi
Foto: United World Wrestling

Vetnamda sport kurashlari bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda.

25 iyun kungi bahslarda O‘zbekiston vakillari 1 ta oltin va 4 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Oltin medal:
-80 kg: Bunyod Rufatov

Bronza medal:
-65 kg: Shohiddin Aliyev
-71 kg: Farrux Jumanazarov
-43 kg: Muxlisa Masharipova
-73 kg: Dilrabo Dulliyeva

Bungacha yunon-rum kurashi bahslari o‘tkazilgan va unda O‘zbekiston umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagandi.

Foto: United World Wrestling
Aʼzamjon Izzatillayev
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar