O'zbek Ўзбек

KJCH. Yarimfinal bahslari uchun sotilayotgan chiptalar narxi bir-biridan keskin farq qilmoqda

Futbol
6 iyul, 02:50
Har ikki uchrashuv «MetLife» stadionida bo'lib o'tadi.
KJCH. Yarimfinal bahslari uchun sotilayotgan chiptalar narxi bir-biridan keskin farq qilmoqda
Photo: gettyimages

AQShda bo'lib o'tayotgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatining hal qiluvchi bahslari davom etmoqda.

Chorakfinaldagi g'alabalardan keyin «Fluminense», «Chelsi», «PSJ» hamda «Real Madrid» klublari yarimfinal yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Yarimfinal uchrashuvlari doirasidagi «Chelsi» - «Fluminense» o'yini uchun sotilayotgan chiptalar narxi «Real Madrid» - «PSJ» bahsiga qaraganda keskin farq qilmoqda.

«Chelsi» - «Fluminense» bellashuvi uchun chiptalar narxi 13.4 dollardan (9.8 yevro) sotilayotgan bo'lsa, «Real Madrid» - «PSJ» o'yini ga tashrif buyurish uchun eng arzon chiptani 199.6 dollardan (146 yevro) xarid qilish mumkin.

Yarimfinalning har 2 qarama-qarshilgi Nyu York shahridagi 82,500 o'rindiqli «MetLife» stadionida bo'lib o'tadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar