O'zbek Ўзбек

KJCH. "Real" 5 ta gol urilgan bahsda g‘alabaga erishib, yarimfinalga chiqdi

Futbol
5 iyul, 18:09
Madrid klubi final yo‘llanmasi uchun "PSJ"ga qarshi o‘ynaydi.
KJCH. "Real" 5 ta gol urilgan bahsda g‘alabaga erishib, yarimfinalga chiqdi
Foto: Getty Images

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida chorakfinal bosqichi yakunlandi.

1/4 finalning so‘nggi o‘yinida "Real" "Borussiya" bilan bahs olib bordi va birinchi bo‘limda Gonsalo Garsiya hamda Fran Garsiyaning gollari evaziga go‘yo ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritayotgandi. Ammo ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda jamoalar yana 3 ta to‘p kiritishdi va yakunda Kurtuaning seyvi madridliklarga minimal farq bilan ustunlik olib keldi.

Xabi Alonso jamoasi 9 iyul kungi yarimfinalda "Bavariya"ni turnirdan chiqarib yuborgan "PSJ"ga qarshi o‘ynaydi. Birinchi yarimfinalda esa "Chelsi" va "Fluminense" o‘zaro to‘qnash keladi.

KJCH. Chorakfinal
Real — Borussiya D 3:2
5 iyul. Nyu-York. "Metlife stadion"
Gollar: Gonsalo Garsiya (10), Fran Garsiya (20), Mbappe (90+4) — Bayer (90+3), Girassi (90+8, penalti).
Real — Kurtua, Trent (Sebalos, 67), Ryudiger, Chuameni (Asensio, 84), Heysen, Fran Garsiya, Valverde, Guler, Bellinghem (Mbappe, 67), Vinisius (Modrich, 67), Gonsalo Garsiya (Rodrigo, 86).
Borussiya D — Kobel, Zyule (Koutu, 46), Anton, Bensebaini, Ryuerson, Gross (Nmecha, 46), Zabitser, Brandt (Duranvil 63, Chukvuemeka 82), Svensson, Adeyemi (Bayer, 46), Girassi.
Ogohlantirishlar: Gross (37), Koutu (63), Mbappe (90+7).
Chetlatish: Heysen (90+6).

Aʼzamjon Izzatillayev
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar