Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining chorakfinalidan o'rin olgan yana bir bahs bo'lib o'tdi.
«PSJ» va «Bavariya» o'rtasidagi kechgan bellashuvda parijliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonib, yarimfinalga yo'llanma oldi. Uchrashuvdagi gollarga Desire Due va Usmon Dembele mualliflik qildi.
«PSJ» final yo'lida «Real» - «Borussiya Dortmund» juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi. Ushbu o'yin 5 iyuldan 6 iyulga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.
KJCH. Chorakfinal
PSJ - Bavariya 2:0
5 iyul. Atlanta. «Mersedes-Benz»
Gollar: Desire Due, 78 (1:0), Usmon Dembele, 90+6 (2:0).
PSJ: Donnarumma, Hakimi, Markinyos, Pacho, Mendesh, Ruiz (Zair-Emeri, 80), Vitinya, Nevesh, Barkolya (Dembele, 70), Due (Hernandes, 80), Kvaratsxeliya (Beraldo, 84).
Bavariya: Noyer, Upamekano, Ta, Kimmix, Keyn, Koman (Myuller, 80), Olise, Laymer, Musiala (Gnabri 46), Satanishich (Boey, 34 (Guereyro, 88)), Pavlovich (Goretzka, 80).
Ogohlantirishlar: Laymer, 68 (Bavariya), Due, 76 (PSJ).
Chetlatishlar: Pacho, 82 (PSJ), Ernandes, 90+2 (PSJ).