O'zbek Ўзбек

KJCH. Opta superkompyuteri «PSJ»ning chempion bo‘lishini taxmin qildi

Futbol
6 iyul, 08:59
Keyingi o‘rinlardan «Chelsi» va «Real» joy olgan.
KJCH. Opta superkompyuteri «PSJ»ning chempion bo‘lishini taxmin qildi
Фото: Getty Images

Opta superkompyuteri klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida jamoalarning g‘alaba qozonish ehtimolini baholadi. Bu haqda Opta Analyst xabar berdi.

Unga ko‘ra, «PSJ»ning chempionlik ehtimoli 38,54 foiz etib belgilangan. Undan keyingi o‘rinda «Chelsi» joy oldi — 33,86%. Ispaniyaning «Real» klubi esa 24,67% imkoniyatga ega. Braziliya chempioni «Fluminense» esa hozircha autsayder sifatida baholanmoqda — ularning g‘alaba ehtimoli 2,93% deb ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, yarim finalda «Fluminense» — «Chelsi», «PSJ» — «Real» juftliklari o‘rtasida o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Opta superkompyuteri «Chelsi»ning imkoniyatlarini yuqori baholagandi.

Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar