O'zbek Ўзбек

KJCH. “Chelsi” “Palmeyras”dan ustun kelib, yarimfinalga yo‘l oldi

Futbol
4 iyul, 23:01
London klubi final yo‘llanmasi uchun ham Braziliya klubiga qarshi o‘ynaydi.
KJCH. “Chelsi” “Palmeyras”dan ustun kelib, yarimfinalga yo‘l oldi
Foto: Getty Images

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida chorak finalning ikkinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi.

“Chelsi” va “Palmeyras” o‘rtasidagi bahsda London klubi g‘alabani ilib ketib, ikkinchi yarimfinalchiga aylandi. Mag‘lub jamoa safidagi yagona golni turnirdan so‘ng “aristokratlar” tarkibiga qo‘shiladigan Estevao kiritdi.

Uchrashuvda o‘zbekistonlik Ilgiz Tantashev zaxira hakami sifatida ishladi.

“Chelsi” final yo‘llanmasi uchun Braziliyaning yana bir klubi “Fluminense”ga qarshi maydonga chiqadi. Bahs 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

KJCH. Chorak final
Palmeyras — Chelsi 1:2
4 iyul. Filadelfiya. “Linkoln Financial Field”
Gollar: Estevao (53) — Palmer (16), Weverton (83, avtogol)
Palmeyras — Weverton, Giai, Mikael, Fuks, Vanderlan, Rios (Veiga, 85), Martinez (Moreno, 76), Allan (Maurisio, 66), Torres (Paulinho, 66), Estevao, Roque (Lopez, 76).
Chelsi — Sanches, Gyusto, Chaloba, Koluill, Kukurelya, Santos (Essugu, 90+1), Fernandez, Nkunku (Madueke, 54), Netu (Dyuzeberi-Xoll, 87), Palmer, Delap (Pedro, 54).
Ogohlantirishlar: Gyusto (41), Delap (45+2), Rios (78), Koluill (86).

Aʼzamjon Izzatillayev
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar