Bugun
38
O'zbek

Kannanvaro: "Bunday darajadagi jamoalarga qarshi o‘ynash oson emas. Biroq jamoam o‘yinda ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rdim"

Futbol
8 iyun, 17:54
Italiyalik mutaxassis Niderlandiyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Kannanvaro: "Bunday darajadagi jamoalarga qarshi o‘ynash oson emas. Biroq jamoam o‘yinda ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rdim"
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannanvaro Niderlandiyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Bugungi o‘yin haqida:
— Menimcha, biz ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rsata oldik. Hisob 1:0 bo‘lganidan keyin ham maydondagi tartib va «liniya»ni yo‘qotmadik. Jamoa bo‘lib harakat qilishda davom etdik va oxirigacha kurashdik. Bunday darajadagi milliy jamoalarga qarshi o‘ynash oson emas. Biroq jamoam o‘yinida ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rdim. Bizga aynan shunday o‘yinlar kerak. Chunki bunday raqiblarga qarshi maydonga tushganingizda doimo nimanidir o‘rganasiz va tajriba orttirasiz. Umuman olganda, uchrashuvdan mamnunman.

Himoyadagi o‘yin haqida
— Futbolni xatolarsiz o‘ynab bo‘lmaydi. Bu mutlaqo normal holat. Bizning vazifamiz futbolchilarga shunday xatolar sonini imkon qadar kamaytirishda yordam berishdir. Lekin rostini aytsam, men himoyadagi xatolardan ko‘ra ijobiy jihatlarni ko‘proq ko‘rdim.

Futbolchilarning holati haqida:
— Tayyorlikni bir oydan ham ko‘proq vaqt oldin boshlaganmiz, legioner futbolchilarimiz esa keyinroq jamoaga qo‘shildi. Shunga qaramay, jismoniy tayyorlik borasida yaxshi ish olib borganimizga ishonaman. Albatta, ayrim futbolchilar bilan bog‘liq hali hal etishimiz kerak bo‘lgan masalalar ham bor va biz ular ustida ishlashda davom etamiz», - deya Kannanvaroning so‘zlaridan keltiradi O‘FA matbuot xizmati.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Bugungi yangiliklar