O'zbek Ўзбек

Jokovich: «Meni hech qachon Federer va Nadal kabi sevishmagan»

Tennis
13 iyun, 05:04
Serbiyalik tennischi adolatsiz munosabatni his qilishi haqida gapirdi.
Foto: Getty Images

24 karra «Katta dubulg‘a» turnirlari chempioni, dunyoning sobiq birinchi raketkasi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich muxlislar tomonidan o‘ziga nisbatan adolatsiz munosabat va «katta uchlik» a’zosi sifatida qabul qilinmaslikdan kelib chiqadigan ruhiy og‘riqni his qilayotganini tan oldi.

«Meni hech qachon Federer va Nadal kabi sevishmagan, chunki men u yerda bo‘lishim kerak emasdi. Kichik bola edim. Uchinchi bola sifatida kelib: «Men birinchi raqamli bo‘laman», — dedim. Bu ko‘pchilikka yoqmadi.

O‘ynashni davom ettirdim, lekin o‘zimni doimo xohlanmagan bola, beshinchi g‘ildirak kabi his qildim. O‘zimdan: «Nima uchun shunday?» deb so‘radim. Bu menga og‘riq berdi. Keyin o‘yladim: agar men boshqacha harakat qilsam, muxlislar meni qabul qiladi. Ammo bu ham bo‘lmadi. Albatta, men ko‘p kamchiliklarga ega insonman. Shunga qaramay, har doim ochiq qalb va yaxshi niyatlar bilan yashashga harakat qildim. Oxir-oqibat o‘zim bo‘lishga intildim.

Har doim Nadal va Federerni hurmat qilganman, ular haqida hech qachon yomon so‘z aytmaganman va doim shunday bo‘ladi. Men ular bilan tenglashganman va davom etaman. Nadal bilan har doim yaxshiroq munosabatda bo‘lganman», — dedi Jokovich 20minuten’ga bergan intervyusida.

Aʼzamjon Izzatillayev
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar