Braziliyalik hakamlar brigadasi Vilton Sampayo boshchiligida 2026 yilgi Jahon chempionatining ochilish o‘yinini boshqaradi, deb xabar beradi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) matbuot xizmati.
A guruhi doirasidagi Meksika va Janubiy Afrika Respublikasi milliy jamoalari o‘rtasidagi bahs 11 iyun kuni Mexikoda o‘tkaziladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:59da boshlanadi. Sampayoga uning hamyurtlari Bruno Pires va Bruno Boshiliya yordam berishadi. VAR tizimi uchun kolumbiyalik hakam Nikolas Galio javobgar bo‘ladi.
Shuningdek, FIFA guruh bosqichining 1-turidagi bir necha o‘yinlarga ham hakamlik tayinlovlarini e’lon qildi. Janubiy Koreya va Chexiya o‘rtasidagi o‘yinni misrlik Amin Muhammad boshqaradi. Kanada va Bosniya va Gersegovina bahsiga esa argentinalik Fakundo Telio tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Meksika va Janubiy Afrika Respublikasi milliy jamoalari 2010-yilda ham Jahon chempionatini ochib bergan edi. O‘shanda mezbon mamlakat Afrika davlati bo‘lib, o‘yin 1:1 hisobida yakunlangan.