O'zbek Ўзбек

«Istaravshan» 3 nafar o‘zbekistonlik futbolchi bilan xayrlashdi

Futbol
6 iyul, 02:02
Suhrob Berdiev ham klubni tark etishi kutilmoqda.
"Istaravshan" 3 nafar o‘zbekistonlik futbolchi bilan xayrlashdi
FOTO: Istaravshan FC

Tojikiston Oliy ligasi ishtirokchisi «Istaravshan» klubi 4 nafar o‘zbekistonlik futbolchi bilan xayrlashdi.

Xususan, himoyachi Mirzohid Mirzomahmudov, yarimhimoyachi Sardorbek Saidov va darvozabon Shahzod Shamsuddinov jamoani tark etgan.

Shuningdek, yarimhimoyachi Suhrob Berdiev ham «Istaravshan» bilan xayrlashishi kutilmoqda. 35 yoshli futbolchi klub safida 10 ta o‘yinda 2 ta gol urdi va 1 assist qayd etgan.

Bundan tashqari, «Istaravshan» safida o‘zbekistonlik futbolchilar Jahongir Safarov, Abdujalil Manazarov, Bobur Qosimov ham to‘p surmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar