Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov amerikalik Jon Jonesni faoliyatini yakunlagani bilan tabrikladi.
«Tabriklayman, afsona. Garchi biz do‘st bo‘lmagan bo‘lsak ham, sen UFC tarixidagi eng zo‘risan. Sen butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlarni ilhomlantirding. Bu sportda isbotlash uchun hech narsang qolmadi», — deb yozdi Nurmagomedov o‘zining shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Jon Jones 37 yoshida faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. MMAda 28 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. U promouterlik tarixidagi eng yosh chempion (23 yosh) sanaladi. U 2008 yildan buyon UFCda ishtirok etib, yarim og‘ir vazn toifasida chempionlik kamarini 11 marta himoya qilgan.