Live
4
O'zbek

Gvardiol "Manchester Siti" bilan shartnomani uzaytirishni muhokama qilmoqda

Futbol
9 iyun, 11:31
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Gvardiol "Manchester Siti" bilan shartnomani uzaytirishni muhokama qilmoqda
Фото: Getty Images

"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda. Bu haqida jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

Qayd etilishicha, "Bavariya" va "Barselona" xorvatiyalik 24 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqmoqda.

Shunga qaramay, "shaharliklar" Gvardiolni jamoada qolishini istaydi va u bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Ma'lumot uchun, Yoshko 2023 yilning yozidan buyon "Manchester Siti" safida to'p tepadi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar