Klublar o'rtasidagi jahon chempionati o'zining hal qiluvchi bosqichiga yaqinlashib bormoqda. Chorakfinal doirasidagi «Real Madrid» - «Borussiya Dortmund» qarama-qarshiligida qirollik klubining yangi topilmasi Gonsalo Garsiya raqib darvozasini yana bir bor ishg'ol qildi.
Uchrashuvning 10 daqiqasida Gonsalo bahsdagi hisobni ochib, turnirdagi 4 golini o'z nomiga yozdirib qo'ydi. Ispaniyalik 21 yoshli futbolchining ushbu goli klublar o'rtasidagi jahon chempionatlari tarixida bir turnirda 2016 yildan beri 4 ta top kiritgan «Real»ning ilk futbolchisiga aylandi.
So'nggi marta Krishtianu Ronaldu 2016 yilda bo'lib o'tgan boshqa formatdagi KJCHda 4ta gol bilan turnir to'purarligini qo'lga kiritgan edi.