Klublar o'trasidagi jahon chempionatining chorakfinal uchrashuvlari doirasidagi «Real Madrdid» - «Borussiya Dortmund» (3:2) qarama-qarshiligidan keyin Gonsalo Garsiya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
«Juda ham xursandman. O'yin qiyin bo'lishini bilgan edik. Hammasidan qoniqdim. Kuchli g'alaba bo'ldi va biz yarimfinalga yo'l oldik.
Mening golim? Gulerdan qanday ajoyib sovg'a. Biz o'yindan oldin bu haqida gaplashgan edik. Guler menga bo'shliq topishi bilan to'pni uzatishini aytgandi va u huddi shunday qildi.
«PSJ» ajoyib mavsum o'tkazdi, ammo biz — «Real Madrid»miz va buni amalda ham ko'rsatib berishimiz kerak. Ohirigacha kurashamiz»,— dedi yosh iqtidor egasi.