Germaniyada o'tkazilgan Galle turnirida g'olib aniqlandi.
Finalda Daniil Medvedev qozog'istonlik Aleksandr Bublikka imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Diqqatga sazovor jihati shundaki, Bublik so'nggi uch yilda ikkinchi bor ushbu turnirda chempion bo'ldi va ATP reytingida top-30ga qaytdi.
Terra Wortmann Open
Halle, Germaniya
16 – 22 iyun, 2025
ATP 500
Mukofot jamg'armasi – 2 522 220 yevro
Ochiq kortlar, maysa
Final
Aleksandr Bublik (Qozog'iston) — Daniil Medvedev (Rossiya) 6:3, 7:6
Ma'lumot uchun, Londonda ham ATP turniri bo'lib o'tdi va unda Karlos Alkaras zafar quchdi.