O'zbek Ўзбек

Fyuri Usikka qarshi trilogiya sanasini ma'lum qildi

Boks
3 iyul, 06:41
Bokschilar kelasi yil o‘zaro uchinchi jangni o‘tkazishadi.
Fyuri Usikka qarshi trilogiya sanasini ma'lum qildi
Foto: Getty Images

Super og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri Aleksandr Usikka qarshi uchinchi jangi 2026 yil bo‘lishini ma’lum qildi.

«2026 yil 18 aprel kuni, “Uembli”da, Trilogiya», — deb yozdi britaniyalik bokschi ijtimoiy tarmoqlarda.

Fyuri va Usik o‘rtasidagi dastlabki jang 2024 yil may oyida bo‘lib o‘tgan va hakamlarning farqli qarorlari bilan ukrainalik bokschi ustun kelgan. Revansh esa o‘sha yili dekabrda o‘tkazilgan va bu safar hakamlar bir ovozdan Usikning g‘alabasini qayd etishgan.

Eslatib o‘tamiz, Usik 19 iyul kuni Londonda boshqa bir britaniyalik bokschi Daniel Dyubuaga qarshi 4 ta kamar uchun revansh jangini o‘tkazadi.

Foto: TNT Sports
Aʼzamjon Izzatillayev
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar