O'zbek Ўзбек

Farioli — «Portu» bosh murabbiyi

Futbol
6 iyul, 08:15
U jamoa bilan ikki yillik bitim imzoladi.
Farioli — «Portu» bosh murabbiyi
Фото: Getty Images

«Portu» rasmiy ravishda Franchesko Fariolini bosh murabbiy etib tayinlaganini e'lon qildi.

36 yoshli italiyalik mutaxassis yangi jamoasi bilan 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Farioli o'tgan mavsumda «Ayaks»ni boshqarib, jamoa bilan Niderlandiya chempionatida 2-o‘rinni egalladi. Amsterdamliklar chempionat yakuniga 5 tur qolganda 10 ochkolik ustunlikni boy berib, PSVga birinchi o‘rinni topshirgan edi.

Mavsum yakunidan so‘ng u o‘z xohishiga ko‘ra, «Ayaks»ni tark etgandi.

Avvalroq «Portu» esa klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘z guruhida qolib ketib, turnirni tark etgan edi.

Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar