Bugun
38
O'zbek

Estevao dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lmoqchi

Futbol
9 iyun, 09:10
«Chelsi» hujumchisi o‘z maqsadlari haqida gapirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Estevao dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lmoqchi
Foto: Getty Images

«Chelsi» hujumchisi Estevao o‘z maqsadlari haqida gapirib, dunyodagi eng yaxshi futbolchi bo‘lishni istashini aytdi.

«Mening maqsadim — dunyodagi eng yaxshi o‘yinchi bo‘lish, Chempionlar Ligasini yutish va Jahon chempionatida g‘olib bo‘lish. Men shunga intilaman. Har kuni. Stabillik bilan, yaxshi ovqatlanib, yaxshi mashq qilib, yaxshi uxlab. Barchasini o‘z me’yorida bajarib», - deya Estevaoning so‘zlaridan iqtibos keltirdi ESPN Sports Center.

Eslatib o‘tamiz, Estevao aprel oyida «Manchester Yunayted»ga qarshi bo‘lib o‘tgan Angliya chempionati o‘yinida tizzasidan jarohat olgandi. Yakuniga yetgan mavsumda braziliyalik futbolchi London klubi uchun barcha musobaqalarda 36 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar