«Real» «Chelsi» yarimhimoyachisi Entso Fernandesga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, madridliklar allaqachon argentinalik 25 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish istagini bildirgan. Entsoning o'zi ham klubini almashtirish ehtimolini istisno etmayapti va yangi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Qayd etilishicha, «Real» anchadan beri Fernandes transferiga qiziqib kelmoqda. Chunki Madrid klubi bunday darajadagi futbolchini sotib olishga qodir bo'lgan kam sonli klublardan biri hisoblanadi.
Avvalroq Fernandes jamoadan ketmoqchiligini Alonsoga ma'lum qilgandi.