Andijon shahridagi "Universal" sport majmuasida kattalar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi bahslari start oldi.
Uch kun davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 350 nafarga yaqin dzyudochilar jami 14 ta (7 ta erkak, 7 ta ayollar) vazn toifasida o‘zaro bellashadi.
Ilk kungi bellashuvlarda erkaklar -60, -66 kg, ayollar esa -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishdi.
Birinchi kun g‘olib va sovrindorlari:
-60 kg vazn toifasi (43 ishtirokchi)
1. Amal Ibragimov (Toshkent viloyati)
2. Arapbay Daurbayev (Toshkent viloyati)
3. Jamol Yoqubjonov (Toshkent shahri)
3. Quvonch Sadinov (Buxoro)
-66 kg vazn toifasi (64 ishtirokchi)
1. Ma’rufjon Ahmadov (Samarqand)
2. Aybek Akbarov (Namangan)
3. Mirzohid Mahammadjonov (Farg‘ona)
3. Suhrob Po‘latov (Toshkent viloyati)
AYOLLAR
-48 kg vazn toifasi (21 ishtirokchi)
1. Xosiyatxon Hasanboyeva (Namangan)
2. Mubina Valijonova (Andijon)
3. Jasmina Tojaliyeva (Toshkent viloyati)
3. Vazira Nurillayeva (Qashqadaryo)
-52 kg vazn toifasi (13 ishtirokchi)
1. Gulsevar O‘roqova (Qashqadaryo)
2. Shohida Xonto‘rayeva (Surxondaryo)
3. Farangiz Rahimova (Xorazm)
3. Kamola Orifjonova (Sirdaryo)
-57 kg vazn toifasi (18 ishtirokchi)
1. Ibodat Agajanova (Andijon)
2. Sarvinoz Rustamjonova (Namangan)
3. Despina Bochkova (Jizzax)
3. Anjelina Mo‘minova (Toshkent viloyati)