«Inter» himoyachisi Denzel Dumfris rasman Madridning «Real» klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Manba xabariga ko‘ra, futbolchi o‘tgan hafta tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan va shundan so‘ng yangi klubi bilan rasmiy shartnoma imzolagan.
Qayd etilishicha, Dumfris bilan tuzilgan bitim 2030 yilning iyun oyiga qadar amal qiladi. Shunday qilib, niderlandiyalik futbolchi «Real» bilan to‘rt yillik shartnomaga ega bo‘ldi.
Transfer natijasida Milaning «Inter» klubi 20 million yevro miqdorida mablag‘ oladi.
Ma’lumot uchun, Dumfris so‘nggi yillarda «Inter»ning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lib, jamoa safida A Seriya va Yevropa Chempionlar ligasi musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Real» markaziy himoyachi Ibraima Konate bilan ham 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagandi.