O'zbek Ўзбек

Diogu Jotaning dafn marosimida tartibsizlik kelib chiqdi

Futbol
6 iyul, 01:46
Vaziyatni hal qilish uchun politsiya aralashdi.
Diogu Jotaning dafn marosimida tartibsizlik kelib chiqdi
FOTO: Getty Images

5-iyul kuni Portugaliyada Diogu Jota va uning ukasi Andre Silvaning dafn marosimi bo'lib o'tdi.

Daily Mail xabariga ko'ra, muxlislar futbolchilar dafn etilgan joyda ommaviy suratga tusha boshlagandan so'ng, oradan bir necha soat o'tgach, politsiya chaqirilgan.

Manbaga ko'ra, marosimdan so'ng muxlislar uchun kirish yo'llari ochilgan, biroq vaziyat tezda nazoratdan chiqib ketgan: tirbandlik boshlangan, odamlar qabrtoshlar yonida suratga tushishgan.

Vaziyatni hal qilish uchun esa politsiyani chaqirishga to'g'ri kelgan. Keyinchalik muxlislar qabristonni tark etishgan.

Avvalroq Jota va uning ukasi o'zlari tug'ilib o'sgan Gondomarda dafn etilishi haqida xabar berilgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar