O'zbek Ўзбек

Din Heysen «Real» muxlislaridan uzr so'radi

Futbol
6 iyul, 03:31
Ispaniyalik himoyachi «PSJ»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Din Heysen «Real» muxlislaridan uzr so'radi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Din Xeysen KJCH chorakfinalidan o'rin olgan «Borussiya Dortmund»ga qarshi o'yinda (3:2) qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Ispaniyalik himoyachi bu uchun jamoa muxlislaridan uzr so'radi.

«Bugun butun jamoa ajoyib o'yin o'tkazdi. Men chetlatilganim va keyingi o'yinda jamoamga yordam bera olmaganim uchun uzr so'rayman», - deb yozdi Xeysen Instagram sahifasida.

Himoyachi ushbu qizil kartochka sabab KJCH yarimfinalidan o'rin olgan «PSJ»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Uchrashuv 9 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar