Bugun
38
O'zbek

Dias "Real"da qolishni xohlamoqda

Futbol
9 iyun, 15:48
Futbolchiga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Dias "Real"da qolishni xohlamoqda
Фото: Getty Images

"Real" vingeri Braxim Dias jamoada qolishni istamoqda. Bu haqida insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Yuventus" klubi marokashlik 26 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqmoqda. Shunga qaramay, u Madrid jamoasida qolishni xohlamoqda.

Dias klubga qaytayotgan portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo qo'l ostida "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibidagi joy uchun kurashmoqchi.

"Zebralar" ustoz Luciano Spaletti esa Braxim bilan ishlashni rejalashtirmoqda.

O'tgan mavsumda Dias klub miqyosida barcha turnirlar doirasida 42 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi va to'qqizta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar