Bugun
38
O'zbek

Danilo: «Odamlar Ronalduni go‘yoki boshqa sayyoradan kelgandek tasavvur qiladi»

Futbol
9 iyun, 02:46
Braziliyalik himoyachi portugaliyalik yulduzning professionalligiga yuqori baho berdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Danilo: «Odamlar Ronalduni go‘yoki boshqa sayyoradan kelgandek tasavvur qiladi»
Foto: Getty Images

Braziliya milliy jamoasi himoyachisi Danilo Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynagan davrlarini eslab, portugaliyalik futbolchi haqida iliq fikrlar bildirdi.

34 yoshli futbolchi Ronaldu bilan avval Madridning «Real», keyin esa Turinning «Yuventus» klublarida birga to‘p tepgan.

«Ha, men u bilan «Real»da ham birga o‘ynaganman. Turinda u yanada tajribaliroq edi, biroq baribir ko‘plab gollar urar va har doim maksimal darajada professional bo‘lib qolardi.

U sizni rivojlanishga, mashg‘ulotlarda va o‘yinlarda bor kuchingizni berishga majbur qiladi», — dedi Danilo.

Himoyachining ta’kidlashicha, ko‘pchilik Ronalduni noodatiy inson sifatida tasavvur qiladi, biroq aslida unday emas.

«Odamlar Krishtianuni go‘yoki boshqa sayyoradan kelgandek tasavvur qiladi. Aslida esa u oddiy inson. U kuladi, oilasi bilan vaqt o‘tkazadi va hayotdan zavq oladi.

Ammo shu bilan birga, u qilayotgan deyarli har bir ishida futbol bilan yashaydi va har kuni yanada yaxshiroq bo‘lishga intiladi», — deya qo‘shimcha qildi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi Jahon chempionatida Portugaliya milliy jamoasi safida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Danilo ham mundial uchun Braziliya qaydnomasiga kiritilgan tajribali futbolchilardan biri hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar